Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti

FAKULTET YUTUQLARI

        2021-2022 o‘quv yilida fakultetning Mashinasozlik texnalogiyasi, Mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo‘nalishi talabasi Zulunova Mushtariybegim Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

         Andijon mashinasozlik instituti va Turkiya davlatining Karabuk universitetlari o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan 2022-2023 o‘quv yilining 1-semestri noyabr-fevral oylari mobaynida fakultetning 4 nafar talabasi Turkiya davlatining Karabuk universitetida «Student Exchange program» dasturi bo‘yicha tahsil olib qaytgan.

2022-2023 o‘quv yili davomida Mashinasozlik tenalogiyasi fakulteti talabalari institut miqiyosida o‘tkazilgan sportning Futbol, Vollebol, Basketbol, Arqon tortish va Stritbol turlari bo‘yicha birinchi, Tosh ko‘tarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

2023-2024 o‘quv yili davomida Mashinasozlik tenalogiyasi fakulteti talabalari institut miqiyosida o‘tkazilgan “Til bilimdonlari”, ”Munozara”, “Talabalar teatr studiyasi”, “ Yil talabasi”, “Milliy taomlar”, “Inson huquqlari bilimdonilari”, “Fast Finger”, “Korupsiya kelajakga taxdid”, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovlarda Tosh ko‘tarish bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.