INTRAS

Intellektual transport tizimlari: АKT ga asoslangan Oʼzbekiston uchun yangi
Magistratura dasturi

Web sayt www.intras.uz
Loyiha nomi Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi / INTRAS
Loyiha shartnomasi raqami: 2017 - 3516/001 – 001
Loyiha raqami: 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP
Loyiha haqida: Ushbu loyiha ERASMUS+ dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “Intelligent Transport Systems: New ICT based Masters Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: АKT ga asoslangan Oʼzbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasining boshlangʼich seminaridir. Seminar doirasida loyiha qatnashchilari haqida maʼlumotlar almashinadi, chet el universitetlari tajribalari oʼrganilib, bu sohada Oʼzbekistondagi holat yuzasidan dastur koordinatorlari va dasturning bajaruvchi oliy taʼlim muassasalari maʼlumot beradilar. Loyihaning maqsadiga erishish uchun vazifalar belgilab olinadi, ularning bajarish muddatlari, qoʼyiladigan talablar yuzasidan guruhlarga boʼlingan holda muzokoralar oʼtkaziladi. Аsosiy maqsad esa: ITT yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratishdan iborat boʼlib, bu yangi avlod muhandislari Oʼzbekistonda davlat boshqaruvi organlari, sanoat va xususiy isteʼmolning mahalliy va mintaqaviy transport muammolarini yechishga qodir boʼlishadi. Loyiha Polsha, Аvstriya, Slovakiyaning koʼzga koʼringan oliy taʼlim muassasalari bilan halqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan boʼlib, Oʼzbekistondan 6 oliy oʼquv yurtlari va 4 ta noakademik korxonalar ishtirok etmoqda.
Loyihaning asosiy vazifalari: -Intellektual transport tizimi (ITT) boʼyicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.
-Oʼzbekistonning universitetlarining ITT boʼyicha potentsialini oshirish.
-Oʼzbekistonning 6 ta universiteti АKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish.
-Universitetlar va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari oʼrtasida aloqalarni oʼrnatish.
Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar: -Oʼzbekiston oliy oʼquv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish;
-Oʼzbekiston universitetlari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar oʼquv majmuasini ishlab chiqish;
-ITT sohasida tajribalar oʼtkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 6 ta oʼquv-tajriba laboratoriyalarini ochish.
INTRAS loyihasining ijrochi-hamkorlari: Yevropa oliygohlari: 1. Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti – loyiha koordinatori
2. Avstriya davlatining Klagenfurt Alpen-Adria universiteti
3. Slovakiya davlatining Zilina universiteti
O‘zbekiston oliygohlari:
4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – milliy koordinator
5. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti
6. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
7. Andijon mashinasozlik instituti
8. Jizzax politexnika instituti
9. Termiz davlat universiteti
Loyiha davri: 2018-2021 (36 oy)
Loyiha byudjeti: 814 635 yevro
Loyiha ishtirokchilari: Prof. Lutfiddin Olimov
Prof. Zafar Jurayev
Ph.D. Ilhom Nosirov
Ph.D. Suxrob Aliyev
Muzaffar Qurbonov