Ilmiy faoliyat

Andijon Mashinasozlik instituti xuzuridagi texnika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli ilmiy kengashning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risida

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupovning 2020 yil 30 sentyabrdagi “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish to‘g‘risida”gi №298 sonli Qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti huzurida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli ilmiy kengash tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 30 dekabrdagi №310/2 - son Qarori bilan ilmiy kengashning 2022 yil uchun tarkibi tasdiqlandi va “05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” va “05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosliklaridan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishga ruxsat berildi.

2022 yilda 7 nafar talabgorning dissertatsiya ishlari ko‘rib chiqildi, ish OAK tomonidan barchasining ishlari tasdiqlandi va talabgorlarga diplomlar berildi.


Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda 2022 yillarda himoya qilingan dissertatsiyalar toʼgʼrisida MA'LUMOT yuklash havolasi