Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining maqsad va vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi PF-4958-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa doktori (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini oluvchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan uzviy aloqani yo‘lga qo‘yish asosida institut professor-o‘qituvchilarini davlat grantlari dasturi bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishlarini tashkil etish;
- Kafedralarning ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga ko‘maklashish;
- Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
- Institut va uning tarkibiy bo‘linmalari hisoblangan fakultetlar va kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qaroriga muvofiq kafedralarda vazirlik, qo‘mita, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
- Kafedra professor-o‘qituvchilarini davlat ilmiy texnika dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etishlarini muntazam ravishda ta’minlash;
- Har bir ilmiy tadqiqotchi miqyosida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni ro‘yxatga olib borilishini ta’minlash;
- Institutda ilmiy ishlarning holati va salohiyati, uning rivojlanishi yo‘nalishlarini tavsiflovchi ma’lumotlar monitoringini tashkil qilish;
- Har bir kafedra va har bir ilmiy tadqiqot bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar samarasini reyting usulida aniqlab borilishini ta’minlash;
- Institut, fakultet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari ko‘rgazmasini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;
- Ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o‘tkazish rejasini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
- Ilmiy xodimlarning ilmiy hamda o‘quv-uslubiy imkoniyatlardan to‘la va samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik shart-sharoitlarni yaratish;
- Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis etish;
- Kelishilgan erkin narxlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va xizmatlarning sotilishini tashkillashtirish;
- Institut professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;
- Institut professor-o‘qituvchilarini, tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil tadqiqotchilarni fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlarning ilmiy loyihalari tanloviga hamda xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularning faoliyatini monitoring qilib borish;
- Institutda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil tadqiqotchilar qabulini tashkil etish, hujjatlar qabulini olib borish, qabul imtihonlarini o‘tkazilishini tashkil etish;
- Tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil tadqiqotchilarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishini nazorat qilib borish va monitoring o‘tkazish;
- Bo‘limni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘g‘ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
- Bo‘limni institutning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
- Institutning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga oid boshqa vazifalarni bajarish;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlashdan iborat.