Qo'shma ta'lim

Joint-education

O'QISHGA MARHAMAT !

Andijon mashinasozlik instituti Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturiga o'qishga taklif etadi !

Bakalavr 2+2 hamda magistratura 1+1 dasturlari uchun qabul jarayoni bo'lib o'tmoqda!
O'qishning dastlabki 2 yili AndMIda va qolgan 2 yili BMTUda tashkil etiladi. Natijada 4 yil o'qishni muvafaqqiyatli tamomlagan talabalar 2 ta diplomga ega bo'ladi!
Qabul joriy yilning 31-oktabrgacha davom etadi!
Bakalavriat yo'nalishlari (2+2):
1. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi - 25 ta o'rin;
2. Intellektual muhandislik tizimlari - 25 ta o'rin.
Magistratura yo'nalishlari (1+1):
1. Metallurgiya mashinalari va jihozlari - 10 ta o'rin
Kerakli hujjatlar:
- rektor nomiga ariza (shu yerda to'ldiriladi);
- shaxsini tasdiqlovchi hujjatning 2 ta nushasi (asli ko'rsatiladi);
- maktabni tamomlaganligi to'g'risidagi attestat yoki o'rta ta'lim diplomi va uning ilovasi;
- 3,5x4,5 o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
- hujjatlar uchun papka (ipli delo);
-086 forma tibbiy ma'lumotnoma.
Eslatib o'tamiz Belarus Milliy texnika universiteti QS reytingida 750-800 o‘rinda turadi
📞 Batafsil ma'lumot uchun tel:
(90) 216-99-00; (90) 622-24-70;