F.I.Sh. | Mamarasulov Umidjon Alijon o'g'li |
---|---|
Lavozim | Matbuot kotibi |
Qabul vaqti |
Dushanba 9:00-12:00 Juma 9:00-12:00 |
Telefon | +998 91 486 2820 +998 97 994 0143 |
umidjonjurnalist@gmail.com |
Matbuot kotibi Andijon mashinasozlik institutining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
Matbuot kotibining asosiy vazifalari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda institut raxbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Axborot soxasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
Keng jamoatchilikni institut faoliyati, sohaga doir normativ-huquqiy xujjatlar to‘g‘risida holisona, sifatli va tezkor xabardor qilish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik o‘rnatish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish;
Institutning web-saytiga (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda) axborotlarni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi web-resurslarni rivojlantirish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda institut tarkibidagi belgilangan bo‘limlar hodimlari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda e’lon qilish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharxlar hamda axborot-taxliliy materiallar tayyorlash;
Institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rektoriga axborot berish;
Institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
O‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAV ning universitet faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.