Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
MAQSAD VA VAZIFALAR
O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, topshiriq va xat-hujjatlari hamda Institut Kengashi qaroralari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, institut rektori buyruq va topshiriqlari ijrolarini monitoringini va nazoratini olib borish, har oy va har chorakda vazirlikka hisobot tayyorlash hamda bu asosiy vazifa bo‘yicha institut Kengashida axborot berib borishdan iborat.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar bilan birga, har hafta institut rektori tomonidan o‘tkaziladigan «Dekanlar va boʻlim boshliqlari yig‘ilishi»da ham doimiy haftalik ijro intizomi holati haqida axborot berib boriladi.
Quyidagilar Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-sonli qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqdash haqida»gi 140-sonli qarori;
- Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2021 yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2021 yil 31-maydagi PQ-5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asoslangan holda tashkil etadi.
«Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda institut Ilmiy kengashining qarorlari, institut rektorining buyruqlarini o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va institut rektorining virtual qabulxonalariga tushgan murojaatlar monitoringini olib boradi.