Jurnallar

“MEXATRONIKA VA ROBOTOTEXNIKA: MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
II-XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI TO'PLAMI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
"MASHINASOZLIK" ILMIY-TEXNIKA JURNALI

Journal

Andijon mashinasozlik institutida "Mashinasozlik" ilmiy-texnika jurnali tashkil etilgan. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 30-dekabrdagi 310/10-son qarori bilan “IQTISODIYOT” va “TEXNIKA” fanlari bo‘yicha ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yhatiga kiritilgan. Shuningdek, jurnal materiallari Axborot agentligi portalida ham yoritib boriladi. "Mashinasozlik" ilmiy-texnika jurnalining maqsadi "IQTISODIYOT" va "TEXNIKA" fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish hisoblanadi.

"Mashinasozlik" ilmiy-texnika jurnali texnika fanlari bo‘yicha quyidagi ixtisosliklarni o‘z ichiga oladi.

  1. 05.02.00 - Mashinasozlik va mashinashunoslik. Mashinasozlikda materiallarga ishlov berish. Metallurgiya. Aviatsiya texnikasi
  2. 05.05.00 - Energetika va elektrotexnika. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi. Elektronika
  3. 05.07.00 - Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash texnologiyasi
  4. 05.08.00 – Transport
  5. 08.00.00 – Iqtisodiyot

Jurnalning bir yilda to‘rtta soni nashr etiladi.

ILMIY MAQOLAGA QO‘YILGAN TALABLAR

1. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
2. Maqola birinchi betining yuqori qismida muallif to‘g‘risida maʼlumotlar ko‘rsatilishi kerak (familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq ko‘rsatilishi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi (agar bo‘lsa) va unvoni, E-mail va muloqot telefonlari).
3. Maqola Jurnalning qaysi yo‘nalishiga mosligi muallif tomonidan yuborilgan maqolada keltirilishi kerak. (Word formatidagi fayl – muallifning familiyasi va maqola yo‘nalishi, masalan: «nabiyev iqtisodiyot.doc»).
4. Maqola 3 ta (o‘zbek, rus va ingliz) tillardagi annotatsiya bilan elektron variantda va qog‘oz shaklida topshirilib, muallif tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Maqola 5 betdan kam bo‘lmagan, А4 formatda, 12 pt. shriftida, 1.15 intervalda, yuqoridan, o‘ngdan, chapdan, pastdan 25 mm joy qoldirib, MS-WORD 2003-2010 dasturida, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim.
5. Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha fan doktorining rasmiy taqrizi hamda chop etish mumkinligi haqida ekspertiza xulosasi bilan birga qabul qilinadi. Shu bilan birga, tahririyat maqolani qo‘shimcha ravishda taqrizga taqdim etishi va ushbu taqriz natijalari asosida maqolani chop etish masalasi bo‘yicha tegishli qarorga kelishi mumkin.
6. Maqoladagi maʼlumotlar, faktlar va statistikalarning to‘g‘riligiga mualliflar masʼuldir.
7. Maqolada albatta jadval (chizma yoki rasm)lar manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi lozim.
8. Maqolalarning nomi, qisqacha annotatsiyasi, tayanch so‘zlar (5-6 qator) 3 ta tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) beriladi.
9. Maqola ichidagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar foydalanish ketma-ketligi bo‘yicha yozilishi kerak.
10. Ilmiy maqolalar tahririyatga kelib tushish tartibi bo‘yicha jurnal sonlarida ketma-ketlikda chop etilib boriladi. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
11. Chop etishga tayyor maqolalar tahririyatga mualliflar tomonidan topshiriladi yoki muallifning manzili (boshqa shaharliklar uchun) ko‘rsatilgan holda pochta orqali jo‘natiladi
12. Ilmiy maqolalar mualliflarining huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006 yilda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida himoyalanadi.

13. Diqqat! Maqolaning oxirgi beti albatta muallif(lar) tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.

ALOQA

E-pochta: andmi.jurnal@mail.ru (Maqolalar ushbu e-pochta manziliga yuboriladi)
Muharrir: X.Аkbarov, M.Joʼraxonov, O.Mirzayev
Tel:(74) 223-47-18, (74) 2234409.