Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

Andijon Mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

Image
Bo‘limning maqsadi - institutda professor-o‘qituvchilari, xodimlari orasida qonunbuzarliklarni oldini olish va aniqlangan holatlar bo‘yicha umumiy va individual profilaktik tadbirlar o‘tkazish, vakolat doirasiga kirmaydigan holatlarda huquq-tartibot idoralariga hujjatlar kirirtishlardan iborat.

Andijon Mashinasozlik instituti korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini rasman rektorning 2020 yil 1 iyuldagi 297-sonli buyrug‘iga asosan boshlagan, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi esa 2021 yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Adliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarinig 2021-yil 12-maydagi 2859-3-son qo‘shma qarori bilan tashkil etilgan. Shtat jadvaliga asosan bo‘lim boshlig֮i va bosh muraxassisi faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. 2023 yili yanvar oyida bo‘lim tomonidan respublikada ilk marotaba Axborot xavfsizligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishining huquqiy va ilmiy asosari ishlab chiqildi, shu yilning aprel oyidan bo‘lim shtat birligiga yetakchi mutaxassis lavozimi kiritildi, IT sohasidagi mutaxassisi ishga qabul qilindi.

Bo‘limning asosiy vazifalari institut va uning huzuridagi ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xodimlari orasida qonunbuzarliklar, shu jumladan korrupsion holatlarning oldini olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soha bo‘yicha farmonloari va qarorlari, vazirlik va institutning buyruqlari mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va xodimlarga samarali yetkazish, me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirish va amalda tatbiq etishni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan holatlar bo‘yicha umumiy va individual profilaktik tadbirlar o‘tkazish, vakolat doirasiga kirmaydigan holatlarda huquq-tartibot idoralariga hujjatlar kirirtishlardan iborat.

Ishga qabul qilish jarayoni nazoratga olinib, OTMga yangi qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Rahbar xodimlardan Kafolat xati, ularning qo‘l ostidagilardan Ogohlantirish xatlari, barchasidan Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha Ma’lumotlar (deklarasiyalar) rasmiylashtirilmoqda.

OTMning rasmiy hujjatlari, qabul qilinayotgan buyruqlar bo‘lim tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmoqd.

Andijon Mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2021-2023 yillarda institut va uning huzuridagi ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida bo‘lim tomonidan institut Ilmiy kengashi mohokamasiga 9 marotaba masalalar kiritildi, tizimli tartibda turli tadbirlar, so‘rovnomalar, insholar ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilib kelinadi.

Institut tashabbusi bilan vazirlikning 2021 yil 29 iyundagi 281-sonli buyrug‘i bilan respublikamizning barcha OTMlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klublari tashkil qilish belgilandi. 2021 yil 14 oktabrda birinchilar qatorida ochilgan “Andijon Mashinasozlik instituti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi” o‘z faoliyatini boshladi.

2019-2022 yillarda institutda korrupsion holatlar bo‘yicha jinoiy ishlar ko‘zgatilmagan. 2022 yil 13 may kuni institut tyutori viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi tomonidan muqaddam boshqa ish joyida faoliyat olib borgan davrda pora sifatida olgan 5 ming AQSh dollaridan qusmini qaytaryotgan vaqtda qo‘lga olindi. 2022 yil sentabr oyuida ushbu xodim Jinoiy kodeksning 168(firibgarlik), 211(pora berish) va 28(jinoyat ishtirokchilari) moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.

O‘tgan davr mobaynida Andijon Mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida 4 nafar rahbar xodimlar, 20 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Tizimli amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar natijasida rahbar xodimlarning ma’suliyatini oshirishga, sohaga jiddiy e’tibor qaratishiga erishildi. 2022 yil yakunlari sarhisob qilinib, reyting ko‘rsatqichlar bo‘yicha eng yuqori ballar olgan “Mashinasozlik texnologiyasi”,”Elektrotexnika” va “Avtomobilsozlik” fakultetlari dekanatlari, Sirtqi, Xodimlar va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari, “Gumanitar fanlar”, “Mehnat muhofazasi” va “EEE” kafedralari, alohida mas’ullar institut huqiqshunosi S.Isayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslaxatchisi R.Yusupova hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Kobulovlar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xodimlar

Ism: Turdiyev Valijon Alixonovich

Lavozim: Bo'lim boshlig'i

Telefon: +998 (93) 429 42 60

Email: +998 (93) 429 42 60

Ism: Ruziyev Shuxratbek Anvarovich

Lavozim: Bosh mutahassis

Telefon: +998(94) 561 25 56

Email: +998(94) 561 25 56

Ism: Nasriddinov Mashxurbek Baxtiyorjon o‘g‘li

Lavozim: Yetakchi mutahassis

Telefon: +998 (91) 484 06 60

Email: grewhuk010197@gmail.com

Xujjatlar

# Nomi Yuklash
1 ota-ona va talabalarga e'lon.
2 Maqola

ijodiy imtihonlar nazorati

Yakuniy imtihonlar nazorati.

Kafedralar bilan uchrashuv.

Bilimlar bellashuvi.