Oliygoh 1976-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Andijon filiali sifatida tashkil etilgan. 1986 yilda Andijon menejment va iqtisodiyot institutiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligininig manfatdor vazirliklari, idoralari va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishilgan ixtisoslashuvini oʻzgartirish va qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ‑1533 sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muxandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish toʻgʻrisidagi 2011-yil 25-iyuldagi 214-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 29-iyuldagi 319-sonli buyrugʻiga binoan Andijon muxandislik‑iqtisodiyot instituti negizida Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.
Institut manzili: 170119, Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 56. Elektron pochta: info@andmiedu.uz
Huquqiy holat | Institut |
Tashkil etilgan yili | 2011 yil, Andijon Mashinasozlik Instituti |
Web sayt | https://web.andmiedu.uz |
Faks | +998 74-223-43-67 |
info@andmiedu.uz | |
Kengaytirilgan | 2017 yil 30 iyun |
Manzil | 170119, Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi 56 |
Rektor | Turdialiyev Umid Muxtaralievich |
Litsenziya (yuridik hujjat) | № 98 |
Davlat akkreditatsiyasi | 2017 yil 30 iyun |
Institut umumiy maydoni | 150 576 m2 |
Copyright © AndMI . 2011-2023