Grant va tanlovlar

GRANT VA TANLOVLAR

Grant

BIR MILLION O‘ZBEK DASTURCHILARI ONE MILLON UZBEK CODERS

“Bir million o‘zbek dasturchilari” dasturiga qo‘shiling bizning ochiq onlayn-platformamizdagi ajoyib bepul kurslar yordamida yuqori malakali dasturchiga aylaning! Uzbekcoders.Uz

Grant

2022-yil Andijon viloyati hokimi stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Stipendiya tanlovida institutning 3-4 va magistraturan bosqichining 2-bosqich talabalari ishtirok etishlari mukin.
Tanlov g'oliblari Andijon viloyat hokimi stipendiyasi diplomi va 6.000.000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi! Shoshiling!
Hokim stipendiyasi bo’yicha hujjat topshirgan va topshirmoqchi boʻlgan talabalar joriy yilning 13.10.2022 yil soat 12:00 va qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi I.Kabulovga (http://t.me/ikab_as) uchrashingiz so’raladi. Muddatida topshirilmagan va uchrashib kamchiliklari bartaraf etilmagan nomzodlarning hujjatlari komissiyaga taqdim etilmaydi.
Nizom: Yuklab olish

Grant

2022-yil Turkiyaning Karabuk universiteti Andijon mashinasozlik instituti talabalari uchun to'liq va qisman grant "SCHOLARSHIP" e'lon qilmoqda.

Ushbu grantda Andijon mashinasozlik instituti 2-3 bosqichlarida tahsil oluvchi EEE, MYaMT, MT yoʻnalishlari talabalari ishtirok etishi mumkin.
Talabgorlar ingliz tilini kamida CEFR B2 darajasida bilishlari zarur(sertifikat talab etilmaydi). Nomzodlar suhbat asosida saralanib olinadi.
SCHOLARSHIP borasida qoʻshimcha savollar boʻlsa quyidagi suratda koʻrsatilgan telefon raqamlariga yoki institut Xalqaro aloqalar boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.

Grant

Germaniyada o’qishni va amaliyot o’tashni istaysizmi?

Germaniyada o’qishni va amaliyot o’tashni istaysizmi? Papenburg kompaniyasi sizga bu imkoniyat eshigini ochadi. Ushbu kompaniyaning Andijondagi hamkori Berlin Zentrum o’quv markazi tomonidan institutimiz talabalari uchun 2021-yilning 3-5-noyabr kunlari institut asosiy bino anjumanlar zalida soat 10:00 da taqdimot o’tkazilishi rejalashtirilgan. Barcha qiziquvchi yoshlarni ushbu taqdimotga taklif qilib qolamiz.
Ma’lumot uchun institut xalqaro hamkorlik bo’limi telefon raqamiga: +998 93 630 00 44 murojaat qilishingiz mumkin.
Telegramdagi кasmiy kanalimiz

Grant

2021-yil Germaniyada 6 oy amaliyot o'tash bo‘yicha 3-bosqich talabalari uchun 25-oktabr kuni soat 13:00 da online suhbat tashkil etilishini ma’lum qilamiz.

Talabalarga qo‘yilgan talab Nemis tilini bilish darajasi A2 bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limidan yoki +998936300044 raqamlari bilan bog‘lanib olishingiz mumkin.
Batafsil: Xalqaro aloqalar bo‘limi

Grant

2021-yil «START UP» loyihalarini tanlab olish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovida ishtirok eting va gʻolib boʻling!

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha startup loyihalar qabul qilinadi:
- texnika;
- axborot texnologiyalari;
- fan va taʼlim;
- energiya tejamkorlik;
- ijtimoiy-iqtisodiy.
Tanlovda institutimiz talabalari va magistrantlari 2021-yilning 22 sentyabrdan 12 oktyabrga qadar oʻz loyialarini 1-ilovada keltirilgan (Start up loyihalarini tanlab olish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovi asosnomasi) shaklda rasmiylashtirib, Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshirishlari mumkin.
Qoʻshimcha ma`lumot uchun: Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshlig`i N.Numonjonova.
Tel: +99890-529-40-75, +99874-223-47-18

Grant

2021-yil “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi uchun hujjatlar 2021-yilning 20-aprel sanasiga qadar institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari 5.000.000 so‘m miqdordagi pul mukofoti hamda umumiy qiymati 1000 AQSH dollari teng komyuter jamlanmasiga ega bo‘ladilar.
Shoshiling yoshlar! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Batafsil ma’lumot: VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI» VA UNI TAYINLASH TO‘G‘RISIDA NIZOM

Grant

2021-yil 350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya TANLOVI

“El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan O'zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qilindi!
Jamg'arma 2021-2022 o'quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 1 apreldan – 1 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot: www.eyuf.uz

Grant

2021-yil O'zbekiston Respublikasi nomdor (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) davlat stipendiyalariga TANLOV

Tanlov bilan bog’liq barcha ma’lumotlar va ariza topshirish www.stipendiya.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Grant

2021-yil Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturi

Hujjatlarni topshirishning so'nggi muddati - 2021 yil 16 yanvar.
Mazkur dastur orqali bakalavriatura, magistratura va doktoranturaga hujjat topshirish mumkin.
Hujjatlarni to'g'ridan-to'g'ri Tempus jamoat fondi (ushbu stipendiya dasturining Vengriya tomonidan koordinatori)ga onlayn tarzda topshirishda barcha belgilangan talablarga rioya qilish kifoya.
Tempus jamoat fondiga hujjatlarni onlayn topshirish "DreamApply" onlayn tizimi orqali amalga oshiriladi – https://apply.stipendiumhungaricum.hu/
Batafsil: www.stipendiumhungaricum.hu