Lavozim | Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi. |
---|---|
Qabul vaqti | Dushanba, Juma 13-00 dan 16 - 00 gacha |
Telefon | +998 74 224 7088, 1029 |
siroziddinovairoda@gmail.com |
Mamlakatimizda ayollar jamiyatning faol a’zosi sifatida barcha sohalarda keng qamrovli ishtirok etishi huquqiy kafolatlangan. Respublikamizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlardan asosiy ko‘zlangan maqsad ularga bo‘lgan eʼtiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Shu maʼnoda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini takomillashtirish borasida o‘tgan yillar mobaynida qator qonun va qarorlar qabul qilindi, ayolga bo‘lgan eʼtibor davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
AndMIda 38 %i xotin-qizlar tashkil etib, ular orasidan fan doktorlaria va fan romzodlari 26% ni tashkil etadi. Institutning bir qator ayollari kafedra va bo‘limlarida rahbarlik faoliyatini yuritib kelmoqdalar.
Institut xotin-qizlar kengashi o‘ziining uzoq yillik tarixiga ega bo‘lib, xotin-qizlar raisi vazifalarida hurmatli ustozlarimiz Karimaxon Yusupova, Tursunoy Isaqova, Arofatxon Tojiakbarova, Adolatxon Niyazova, Zulfiyaxon Aripova, Maryamxon Axmedova, Gulchexraxon Karimovalar faoliyat yuritib, xotin-qizlar kengashi ishining rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishgan.
- Xotin - qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalar va mehnat turlariidagi faoliyatini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jaʼmoat ishlarini olib borish;
- xotin - qizlar o‘rtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o‘tkazish;
- xotin - qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish; - iqtidorli qizlar tugaragini yulga qo‘yish, iqtidorli qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdor davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish ;
- oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq bo‘ish, xotin - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin qizlarning madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish;
- xotin - qizlarimiz o‘rtasida xalqimiz maʼnaviyatiga, turmush tarziga yot bo‘lgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyovandlik, ichkilikbozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish;
- xotin - qizlar o‘rtasida ijtimoiy maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm missionerlik g‘oyalarining tarqalishini oldini olish;
- xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron qizlarimizni doimiy nazoratga olib ko‘mak berish, yordam ko‘rsatish va qo‘llab quvvatlash.
Xotin qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaailarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hisoblanadi.
Xotin-qizlar maslahat kengashi va uning a’zolari institutning ijtimoiy hayotida, professor-o‘qituvchilar, yordamchi texnik xodimlar, talaba-qizlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishda institut rahbariyatining ko‘magida faol ishtirok etib yosh kadrlarga namuna bo‘lib kelmoqda.
Hamkor tashkolotlar bilan birgalikda talaba-qizlarning maʼnaviy va ruhiy-psixologik holatlariini o‘rganish maqsadida, talaba qizlarda yuksak maʼnaviyat tushunchalarni shakllantirish borasida keng ko‘mli uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazilb boriladi. Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba qizlarda sogʼlom turmush tarzi malakalarini shakllantirish, oʼz salomatligiga nisbatan masʼuliyat, turli zararli odatlarga o‘rganib qolmaslik, faxsh, zin ova shu kabi illatlarga yo‘liqmaslik, doimo sog‘lom va g‘zal bo‘lib yurish uchun sportning istagan turlari bilan shugʼullanib borish, to‘g‘ri ovqatlanish, talaba xos va mos ravishda kiyinish va muomala madaniyatiga chiroyli rioya qilishni, talaba qizlarni muntazam ravishda oilaviy hayotga-turmushga tayyorlab borish, qizlarimizning katta va kichik davralarda o‘zlarini tutishlari haqida ibrat maktabi bo‘gan uztozlar bilan uchrashtirib turish, o‘qishini namunali hulqi bilan davom ettirayotgan qizlarimizni rag‘batlantirib boorish, o‘qishga va kelajak hayotga boʼlgan munosabatlariga bagʼishlangan turli xil tadbirlar, yakka-yolg‘iz onaxonlar xolidan xabar olishga talaba qizlarimiz bilan birgalikdagi tashriflarni tashkil etish, uydagi mavjud ba foydali va arzon mahsulotlardan mazzali taomlar tayyorlashni o‘rgatish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida malakali uztozlar ishtirokida suhbatlar tashkillash, talabalarning turar joylarida ham doimiy tarzda yuqorida keltirilgan davra suhbatlarini amalga oshirib kelinadi.
Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, talaba qizlarni tibbiy va huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tadbirlar davomli ravishda amalga oshirib kelinadi.
Imkoniyati cheklangan-nogironligi bo‘lgan, Ayollar daftarida, Yoshlar daftarida turgan talaba qizlarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berib boriladi.
Ilm - fan sohasida yutuqlarga erishgan ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini inobatga olib, olima xotin - qizlarimiz hamda oxirgi paytlarda ilmiy izlanishlar borasida faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarimiz bilan talaba qizlarning uchrashuvlarini tashkillash oqibqtida iqtidorli va bilimga chanqoq talaba qizlarimiz davlat stpendiyalariga, jumladan Prezident stipendiyasi, I.Karimov nomidagi stipendiya, Ibn Sino stipendiyasi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomdar stipendiyalari, O‘zbekistondagi atoqli olim va olimalarning stipendiyalari g‘oliblari bo‘lib kelishgan.