O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 3-noyabrdagi “Andijon mashinasozlik instituti Ustavini tasdiqlash haqida”gi 427-sonli buyrug‘i, Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2015-yil 4-noyabr kungi 918-sonli va shu yilning 11-noyabr kungi “Institut tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 951-sonli buyrug‘i, Andijon shaxar Hokimligining 2015-yil 23-dekabrdagi “Andijon mashinasozlik institutining yangi tahrirdagi Nizomini qayta Davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi 851-K-sonli Qarori bilan Andijon mashinasozlik instituti tarkibida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti tashkil etildi. Institut rektorining 2018-yil 22-dekabr kungi “Institut tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 573-sonli buyrug‘i asosida fakultet nomi o‘zgarmagan holda “MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI” fakulteti nomi saqlanib tasdiqlandi. Fakultet boshqaruvi fakultet dekani va dekan o‘rinbosarlari orqali amalga oshiriladi.
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti institut boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Fakultet faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan. Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, Ta'lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyqunlashgan holda olib borishni taqminlash.
"O‘quv - tarbiyaviy jarayon qamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyotlarini tashkil etish.
"Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimini asosida baholashni tashkil etish.
"Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayyta tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini olib borish.
"Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini kengaytirish va mustaxkamlash maqsadida yirik mashinasozlik korxonalari va muassasalar qoshida belgilangan tartibda kafedralar tomonidan tuzilgan bitim asosida xorijiy Ta'lim muassasalari bilan xamkorlikda tashkil etish.