Hozirgi kunda kafedraning ilmiy salihiyati 44% tashkil etadi.
Kafedrada “Oʻzbekistonda mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” nomli 798 695 yevro byudjetiga ega loyiha amalgaoshirilmoqda. Loyihaning maqsadi mexatronika va robototexnika bakalavriat ta’lim yo’nalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy ta’limda ta'lim-malaka-innovatsiya sikli asosida innovatsion g'oyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirish hisoblanadi.
Loyihadan kutilayotgan natijalar:
· O‘zbekistonning 5 ta oliy ta'lim muassasasida Mexatronika va robototexnika bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ECTS asoslangan dastur joriy qilinadi;
· 12 ta yangi bakalavr kurslari yaratiladi;
· Mexatronika sohasi kadrlari uchun malaka oshirish kurslari shakllantiriladi;
· 6 ta yangi mexatronika laboratoriyasi shakllantiriladi
· 5800 nafar talabalarga yangi o‘quv dasturlar va yaratilgan laboratoriyalar asosida ta'lim beriladi;
· 31 nafar professor-o'qituvchi va ilmiy xodimlar xorijda malaka oshiradi;
· Mexatronika sohasi bo'yicha universitet-sanoat hamkorligi metodologiyasi yaratiladi;
· Andijon mashinasozlik instituti qoshida Mexatronika jamiyati va oʻquv markazi shakllantiriladi;
· Onlayn ta'lim va hamkorlik uchun 1 ta veb-platforma yaratiladi.