Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi

KAFEDRA YUTUQLARI

2011-2024 yillar davomida 8 ta tayanch doktorant himoya qilishga erishildi. 

      So‘nggi 3 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanmalar, 10 ta monografiya chop etildi, 9 ta patent, 30 ta dasturiy ta’minotga mualliflik guvohnomalari olindi.   Professor o‘qituvchilar tomonidan 85 ta xalqaro maqolalar, 89 ta Respublika ilmiy jurnallarda hamda 300 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida maqolalar chop etildi.

       Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari hisobiga – 100 000 $, sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan ilmiy (ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan – 100 mln. so‘m ishlab topildi.

Kafedra xorijiy hamkorlari:

1.     Janubiy-Sharqiy Yevropa Tadqiqot Markazi (Saloniki, Gretsiya)

2.     Vilnyus Gediminas Texnika Universiteti (Vilnyus, Litva)

3.     Liepaya Universiteti (Liepaya, Latviya)

4.     Vidzeme Amaliy Fanlar Universiteti (Valmiera, Latviya)

5.     Viana-do-Kastelo Politexnika Instituti (Viana-do-Kastelo, Portugaliya)

Kafedrada chop etilgan adabiyotlar:

1.     Muhаndislik vа kоmpyuter grаfikаsi. O‘quv qo‘llanma / M.Sh.Begijonov, F.Sh.Dumaxonov – Andijon, 2023. 110 bet.

2.     NI ELVIS III. O‘quv ko‘rsatma / A.A.Yusupov, J.S.Raxmatillayev – Andijon, 2023. 22 bet.

3.     Sanoat elektronikasi. O‘quv qo’llanma / D.S.Umarova, J.S.Raxmatillayev – Andijon, 2023. 179 bet.