Gumanitar fanlar kafedrasi

Kafedraning ilmiy faoliyati

Hozirgi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 50% tashkil etadi.

08.00.01- Iqtisodiyot nazariyasi, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) tayyorlanmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustuvor yo‘nalishlari

Institut Ilmiy Kengashi qaroriga muvofiq kafedraning umumiy tadqiqot yo‘nalishi qilib, “Zamonaviy oliy muhandislik ta’limini tashkil etish” mavzusi belgilangan.
“Gumanitar fanlar” kafedrasida professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida ularning shaxsiy rejalarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining kafedra, fakultet hamda institut miqyosida uzviy bog‘liqligini ta’minlash zarur. Bu o‘z navbatida ilmiy ishlar rejasida ustivor yo‘nalishlar qilib, quyidagilar belgilangan:
1. Ilmiy-tadqiqot ishlari.
2. Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.
3. Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
Kafedra jamoasi oldiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha eng dolzarb masalalarni hal qilish vazifasi qo‘yilgan:
1. Fan, texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari.
2. Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash yuzasidan innovatsion hamkorlik.
Ilmiy faoliyatning ushbu ikki yo‘nalishi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilib, ular ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash qamrab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi 101-F-son farmoyishining 2-ilovasidagi «2022 yilda o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi» ga ko‘ra 2022 yil aprel oyida Andijon mashinasozlik instituti “Gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan “Raqamli hayot va ijtimoiy fanlarning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi o‘rni va ahamiyati: dolzarb muammolar va istiqbol» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.