Kafedra 1980-yilda tashkil topgan. Dastlab “Marksizm – leninizm”, so‘ngra “Politologiya va sotsiologiya”, “Siyosatshunoslik va huquq”, 1998 yildan “O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, 2011 yil 16 avgustdan “Ijtimoiy fanlar”, 2019 yil 16 fevraldan “Gumanitar fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Birinchi kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Niyozov Salim Vasilovich, ikkinchi kafedra mudiri falsafa fanlari doktori, professor Begmatov Abdullajonlar edi.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 1998 yil 5 dekabr 343-sonli buyrug‘iga asosan «Siyosatshunoslik va huquq» kafedrasi negizida tashkil topgan.
1998 yildan 2006 yilgacha kafedrani politologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimovich Iminov boshqargan.
Institut rektorining 2011 yil 30 oktyabr kungi №244-sonli “Institut strukturasiga o‘zgartirish kiritish haqida” gi buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy fanlar» kafedrasining tarkibiga «Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi qo‘shildi. Kafedra mudiri etib, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Nazarov Muhitdin tayinlandi.
2006 yildan, 2012 yilgacha kafedrani falsafa fanlari nomzodi, dotsent Nazarov Muhitdin boshqargan.
Institut rektorining 2018 yil 22 dekabrdagi 573-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy fanlar” va “O‘zbekiston tarixi” kafedralarining faoliyati tugatilib, yangi “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Bazarova Gulnora Gulamovna tayinlandi.
2012 yilning 21 fevralidan, 2019 yil 3 iyuligacha kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Bazarova Gulnora Gulyamovna boshqargan.
Institut rektorining 2020 yil 30 iyundagi 263-sonli buyrug‘iga asosan “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi tugatilib, tarkibidagi fanlar va professor-o‘qituvchilar “Gumanitar fanlar” kafedrasi tarkibiga kiritilgan. Kafedra mudiri etib, iqtisod fanlari doktori, professor Muftaydinov Qiyomidin tayinlangan.
2019 yilning 5 iyulidan, 2021 yil 16 martigacha kafedrani iqtisod fanlari doktori, professor Muftaydinov Qiyomidin boshqargan.
2021 yilning 23 martidan, hozirga qadar kafedrani pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sirojiddinova Iroda Maxammadovna boshqarib kelmoqda.
Kafedrada jami 19 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 1 nafari professor, 5 nafari dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchilar va 10 nafari assistentlardan iboratdir.