Yangiliklar

Image

“Ideaton - Uzbekistan 2030” va “Top 10 Innovator” reytingi tanlovlarini e’lon qilamiz.

DIQQAT E’LON!

Faol va izlanuvchan talabalar diqqatiga!

Agar sizda ratsionalizatorlik takliflar,innovatsion ishlanmalar hamda startap g'oyalar bo'lsa unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

“Ideaton - Uzbekistan 2030” va “Top 10 Innovator” reytingi tanlovlarini e’lon qilamiz.

“Ideaton - Uzbekistan 2030” tanlovning maqsadi keyingi o‘n yillikdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlardagi innovatsion g‘oyalarni, ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

“Top 10 Innovator” reytingi tanlovning maqsadi oliy ta’lim muassasasi doirasidagi Tanlov bo‘lib, yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, tijoratlashtirish darajasiga olib chiqishga va o‘z navbatida, loyihani amaliyotga joriy etishga qaratilgan. “Top 10 Innovator” reytingi g‘oliblari Yoshlar akademiyasi a’zoligiga tavsiya etiladi!

Tanlovda faqat institut talabalari ishtirok etishlari mumkin!

Tanlovga hujjatlar 30-oktyabrga qadar qabul qilinadi! Tanlov shartlari hamda qo'shimcha ma'lumotlarni ilovalarda keltirilgan tanlov nizomlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Ilovalar:

  1. Ilovani yuklab olish
  2. Ilovani yuklab olish

Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi yoki @Lily_future2014

Qidirish