Yangiliklar

Image

“METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI” KAFEDRASIDAN YANGILIK

Shu yilning 20-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokida «O'zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasining Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida 25 ta g'olib loyihalarni Jahon bankining va Innovatsion rivojlanish vazirligining ishtirokida  taqdirlash marosimi o'tkazildi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Jahon banki, Fanlar akademiyasi va Ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

“Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi” doirasida 2 tur natijasiga ko'pa 177 ta kelib tushgan arizalar ekspertizadan o'tkazish maqsadida Evropa ilmiy fondi (Frantsiya Respublikasi) tomonidan ko'rib chiqildi va ekspertiza natijalariga ko'ra 54 ta ariza yakuniy himoya qilish jarayonida (pitching) qatnashishga ruxsat berildi va shulardan 25 ta arizalar grant dasturi g'olibi deb topildi. Jami 25 ta molliyalashtirilgan loyihalar qiymati 10,0 mln. AQSh dollarga teng.

Quvonarlisi ushbu tadbirda institutimizning 200 ming AQSh dollar moliyaviy hajmdagi REP-03032022/193 “Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ipak chiqindilaridan antimikrob notoʻqima mahsulotlar ishlab chiqarish” loyihasi g'olib deb topildi (loyiha koordinatori Jo'raev Z.B.).

Loyiha 2022-2024 yillarga mo'ljallangan bo'lib, Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent to'qimachilik va engil sanoati instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti va Aaxen universitetining To'qimachilik institutining (Germaniya) professor-o'qituvchilar, doktorant, magistr va talabalari bilan hamkorlikda olib boriladi. Institutimizdagi loyihaning bajarilishiga ma'sul “METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI” kafedrasi hisoblanadi.

Avval xabar berganimizdek, ushbu kafedra 101082221 raqamli 471 ming evro qiymatda “UzMedEn” va 101082242 raqamli “12-PLEDGE” 398 ming evro qiymatdagi (loyihalar koordinatori Jo'raev Z.B.) Evropa Ittifoqining Erasmus dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirishga erishgan edi. Hozirda ushbu loyihalarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Qidirish