Yangiliklar

Image

Xushxabar!!! Oliy taʼlimda salohiyatini oshirish tanlovi natijalari eʼlon qilindi

2022-yil Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (Capacity Building in Higher Education-CBHE) yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovga topshirilgan loyiha takliflarini baholash jarayonining bir necha bosqichlari, jumladan, mustaqil ekspertlar tomonidan akademik baholash, shuningdek, har bir hamkor davlat bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Delegatsiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Natijada, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish-CBHE” yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta loyiha moliyalashtirish uchun tanlab olindi va 2 ta milliy loyiha zaxira sifatida ro‘yxatga kiritildi.

Andijon mashinasozlik instituti 2 ta loyiha bo'yicha saralandi va 1 ta milliy loyihaning mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi. 

Yangi saralangan 7 ta loyihaga jami 4,5 million yevro ajratiladi, shu jumladan O‘zbekistonning 18 ta oliy o‘quv yurtlari ishtiroki uchun 2,1 million yevro ajratiladi.

Institutimiz ishtirok etishi belgilangan loyihalar Biotibbiyot muhandisligi yo'nalishida bakalavriat va magistratura dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Loyihalar 2023-yil yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlaydi. Ayni paytda Funding and Tenders Opportunities Portalning e-grant tizimida hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlandi.

Hozirda institutimizda “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (Capacity Building in Higher Education-CBHE) yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda: Intras, HiEdTec va MechaUz

Manba: Erasmus milliy ofisi

Qidirish