Andijon mashinasozlik institutida shu yilning 12-14-oktyabr kunlari Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasidagi CBHE yo'nalishidagi "Markaziy Osiyoda raqamli ta’lim texnologiyalar orqali oliy ta’limni modernizasiya qilish (HiEdTec)" loyihasining yakunlovchi 9-uchrashuvi bo'lib o'tganligini ma'lum qilgan edik.
Mazkur HiEdTec loyihasining navbatdagi uchrashuvida loyihaning hamkorlari: Bolgariya davlatining Ruse universiteti, Italiyaning Pavia universiteti, Lyksemburg davlatining Lyksemburg universiteti, Portugaliyaning Koimbra universiteti hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining 20 ta oliy ta'lim muassasalari ishtirok etdi.
Andijon shahridagi Yoshlar markazida uchrashuvning ochilish marosimida viloyat hokimining tabrik so'zini Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Nasibullo Moʻminov o'qib eshittirdi.
Ushbu loyiha uchrashuvida jami 20 dan ortiq OTM lari va 5 ta Markaziy Osiyo Oliy ta'lim vazirligi vakillari ishtirok etgan bo'lib, ulardan 5 ta OTM lari rektorlari shaxsan ishtiroki uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirdi.
Ushrashuvning belgilangan rejasi asosida barcha tadbirlari o'z vaqtida va ko'tarinka ruhda o'tganligini ishtirokchilarning fikridan ham bilib olish mumkin.
Uchrashuvning ikkinchi va uchunchi kunlari Andijon mashinasozlik institutining Avtomobilsozlik fakulteti binosida tashkil etildi. Reja asosida har bir hamkor OTM larining loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlari hisobotlari tinglandi va institutda tashkil etilgan Innovatsion ta'lim texnologiyalari markazi barcha ishtirokchilarga tanishtirildi.
Loyida uchrashuvi davomida Andijon mashinasozlik instituti hamda bir qator hamkor OTMlar oʻrtasida memorandumlar imzolandi. Xususan, Ruse Universiteti (Bolgariya), Qosim Tinistanov nomidagi Issiqko‘l davlat universiteti ( Qirgʻiziston), ALA-TOO xalqaro universitieti (Qirg'iziston), Yevrosiyo innovatsiya universiteti (Qozog'iston), M. Nazarshoyeva nomli Xorog davlat universiteti (Tojikiston).
Shuningdek memorandum imzolash marosimidan soʻng ushbu ta’lim muassasalari rektorlari hamda Andijon mashinasozlik instituti rektori prof. Umid Turdialiyev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mazkur OTM lar bilan aloqalarni yanada kengaytirish boʻyicha fikrlar almashildi. Jumladan, talabalar almashinuvi, hamkorlikda doktorantlarni tayyorlash, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro loyihalar ustida birgalikda ishlash, hamkorlikda oʻquv adabiyotlari va dasturlari ishlab chiqish kabi muhim masalalar koʻrib chiqildi.
Ushbu uchrashuv davomida Andijon mashinasozlik instituti tomonidan Ruse universiteti rektori akademik Xrusto Beloevga institutning faxriy professorlik unvoni taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv turli OAV tomonidan ham to'liq yoritib borildi.