Yangiliklar

Image

Xalqaro anjuman ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


   Bugun tushdan soʻng Andijon shahridagi Yoshlar markazida konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

   Dastlab Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Nasibullo Moʻminov so'zga chiqib viloyat hokimi tabrigini konferensiya ishtirokchilariga oʻqib eshittirdi.

   Shundan soʻng konferensiya ishi davom etib institutimiz rektori Umid Turdialiyev soʻzga chiqib Andijon mashinasozlik instituti haqida atroflicha tanishtirib, mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. 

   Anjuman davomida Ruse universiteti rektori Xrusto Beloev ham soʻzga chiqib loyiha haqida o'z fikrlarini bildirdi hamda ajoyib mehmondoʻstlik uchun oʻz tashakkurlarini izhor etib institutimiz rektoriga universitetning maxsus insonlarga beriladigan esdalik sovgʻasini taqdim etdi.

   Oʻz navbatida institutimiz rektori Xrusto Beloevga Andijon mashinasozlik instituti faxriy professori unvonini berdi.

   Shuningdek konferensiya davomida loyiha koordinatori Angel Smirkarov ham oʻz taqqdimotlari bilan ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 


Andijon mashinasozlik instituti 

Axborot xizmati

Qidirish