Andijon mashinasozlik instituti Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi ijrosini taʼminlash hamda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish va ularni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida “Yilning faol iqtidorli talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
Unda bakalavriatning barcha bosqich talabalari va magistrlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga har bir fakultetdan bir nafar nomzod talaba fakultet kengashi bayonnomasi bilan institut bosqichiga tavsiya etiladi.
Institut bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari (bakalavr bosqichi talabalari 1-ilovaga, magistrantlar 2-ilovaga muvofiq baholash mezonlariga asosida komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni fakultet masʼullariga taqdim etish soʻraladi:
1. Talabaning maʼlumotnomasi (obyektivka).
2. Fakultet dekani va kafedra mudiridan tavsiyanoma (institut bosqichiga tavsiya etilgan nomzod uchun)
3. 2024-yil davomida chop etilgan ilmiy-uslubiy ishlari, jumladan;
a) patent guvohnomasi (ixtiro foydali model patent va DGU guvohnoma);
b) xalqaro va mahalliy jurnallardagi maqolalari;
v) xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiya materiallari;
g) ommaviy axborot vositalaridagi materiallari va h.k.
Shoshiling! Hujjatlar 14-dekabrgacha qabul qilinadi.
Koʻrsatilgan muddatdan kech qolgan talabgor hujjatlari qabul qilinmaydi.