«Umumtexnika fanlari» kafedrasi Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy Kengashining 2012 yil 15 - avgustdagi qaroriga asosan «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya» kafedrasi negizida tashkil etilgan. 2012-2013 yillar kafedra katta oʻqituvchisi Bekkulov Batirali Raxmonkulovich mudirlik lavozimida faoliyat olib borgan. 2013-yildan 2021 yilgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent Sobirov Xolxoʻja Abbazovich, 2021 yildan xozirgi kungacha esa texnika fanlari falsafa doktori Bekkulov Batirali Raxmonkulovich mudirlik lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra jamoasi oldida zamonaviy mexanika sohasidagi yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qoʻyilgan. Kafedrada jami 15 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 5 nafari dotsent, 3 nafari katta oʻqituvchilar va 7 nafari assistentlardan iboratdir.
va mashinalar nazariyasi, mashinashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari falsafa doktorlari tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha 2 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot faoliyatini olib bormoqdalar.
Kafedra professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqitiladigan barcha fanlardan oʻquv-uslubiy majmualar tayyorlanib, takomillashtirilib borilmoqda.