Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi

Kafedra haqida

«Mashinasozlik texnologiyasi» kafеdrasi Andijon mashinasozlik instituti rеktorining 2012 yil 20 avgustagi № 816 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Kafеdra «Mashinasozlik texnologiyasi» fakul’tеti o‘quv binosining 3-qavatida joylashgan.

Kafеdraga 2012 yilning avgust oyidan tеxnika fanlari nomzodi, dotsеnt Akbarov Xatam Ulmasaliyevich mudirlik qilmoqda.

Kafеdra profеssor - o‘qituvchilar tarkibi 15,5 shtatdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar: dotsеntlar (tеxnika fanlari nomzodi X.Akbarov, B.Fayzimatov, A.Qurbanov, O.Xudayberdiyev, B.Kasimov); katta o‘qituvchilar (B.Nabiyev,              M.Xodjimuxamedova, B.Abdullayev, N. Xolmirzaev, A. Axmedov); assistеntlar (O.Abdujabborov, X.Xaydarov, V.Kalashnikov, F. Mamadaliev, T.Nizomov), stajyor- o‘qituvchilar (D. Jo‘raboev, N. Yusupov, X. Mexmonqulov).

o‘qituvchilar

 2021 yilda kafedra katta o‘qituvchshisi  O.Hudayberdiyev PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi.

2022 yilda kafedra assistenti B.Kasimov PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi.

2023 yilda kafedra katta o‘qituvchisi N. Xolmirzaev PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi.

Kafedrada o‘rindoshlik asosida hamkor institutlar va ishlab chiqarish korxonalaridan yetakchi professorlar, dotsentlar va muxandislar ishlab kelmoqda

Kafеdrada 28 nomli fanlar o‘qitiladi: Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik jihozlari, Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari, Kesish nazariyasi va asboblari, Mashinasozlik texnologiyasi va boshqalar.

 Kafеdra prоfеssor - o‘qituvchilari tomonidan har yili qator o‘quv qo‘llanma, o‘quv - uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilmoqda, xalqaro va rеspublika miqyosidagi jurnallar va konfеrеntsiyalarda maqola, tеzislar chop                       ettirilmoqda.

Kafedra tomonidan korxonalarining ishlash samaradorligi va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tatqiqot ishlari olib borilmoqda. Ishlab chiqarish korxonalarining buyurtmalari asosida bajarilgan ilmiy tatqiqot ishlari  uchun institut hisob raqamiga 500 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ tushurildi. Kafedra xodimlari tomonidan davlat ilmiy-texnika grantlari doirasida ham ilmiy tatqiqot ishlari olib borilmoqda.