“Muqobil energiya manbalari ” kafedrasi haqida ma’lumot:
2020 yilda «EEE» kafedrasi negizida tashkil topgan “Muqobil energiya manbalari” kafеdrasi nomi bilan yuritilmoqda. Kafеdra mudiri etib texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Alijanov Donyorbek Dilshodovich tayinlangan, xozirgi kunda Yoʻlchiyev Mash`albek Erkinovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra jamoasi oldiga mashinasozlik sohasidagi tayyorlanayotgan kadrlarning yuksak ma'naviy fazilatlarga bo‘lishi uchun yordam berish; o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda kafedrada 6 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar assistent va 8 nafar stajyor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda