KAFEDRANING ILMIY FAOLIYATI
Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo‘yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- Tayanch oliy o‘quv yurtlari professori–o‘qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;