Yangiliklar

Image

Rektor maktab o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Andijon viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. 

Andijon tumanidagi 10-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida tashkil etilgan tadbirda Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev, maktab pedagogik jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimiz ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor hamda ularning el-yurt oldidagi mas’uliyati xususida to‘xtaldilar.

Shundan so‘ng barcha sinflarda darslar "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. 

10-A-sinflar uchun ilk mashg‘ulotni institut rektori Umid Turdialiyev o‘tdi.

Unda Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash, aholi turmushini yaxshilash, ilm-fan, sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish yo‘lida mardona kurash olib borib, aziz jonini fido qilgan ma’rifatparvar ajdodlar hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ularning ma’rifatli jamiyat qurish borasidagi jasorati va buyuk xizmatlari yodga olindi.

Buyuk ajdodlarimiz erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi ta’lim va tarbiyaning roli katta bo‘lganini, shu bois o‘quvchilarga maktab davrida yaxshi o‘qib, ilm, til va hunar egallab, vaqtdan unumli foydalanish muhimligini ta’kidlandi.

Qidirish