Andijon mashinasozlik institutidagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirish istagini bildirgan nomzodlar diqqatiga 2025-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), maqsadli doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar boʻyicha qabul e`lon qiladi.
Doktorantura (DSc) boʻyicha:
Tayanch doktorantura (PhD) boʻyicha:
Maqsadli doktorantura (PhD) boʻyicha:
05.02.04 – Stаndаrtlаshtirish vа mаhsulоtlаr sifаtini bоshqаrish.
Stajyor-tadqiqotchilik boʻyicha:
Doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor tadqiqotchilik institutiga hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
belgilangan darajadagi xorijiy til sertifikati;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (1 ta maqola va 2 ta tezis).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
belgilangan darajadagi xorijiy til sertifikati;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (3 ta maqola va 2 ta tezis).
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari mutaxassislik fanlaridan boʻlib oʻtadi.
Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada oʻqish uchun kirayotgan talabgorlardan ixtisoslik boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktorantura hamda stajyor tadqiqotchilikka kirish uchun suhbat 1 — 25-noyabr kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.