Yangiliklar

Image

Prezident topshirig‘i ijrosi amalda

Andijon mashinasozlik institutida viloyat hokimining o‘rinbosari Komiljon Komilov hamda institut rektori Umid Turdialiyev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. 


Unda 27-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan  energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan vazifaralar ijrosini amalga oshirish muhokama qilindi. 
Yig‘ilishda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon davlatuniversiteti  hamda Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 


Yigilishda Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan ilmiy yondashuv asosida energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tajriba almashinish hamda Andijon viloyatida tadbiq qilishga kelishib olindi.


Topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida shu kunning o‘zida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev boshchiligida malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh  tuzilib, ishga kirishildi. 
Xozirda ishchi guruh a’zolari tomonidan zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Qidirish