Xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biri hisoblangan hashar koʻpchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi hamda oʻz uyini obodonlashtirishga boʻlgan intilishlarini aks ettirishi bilan alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda “hashar – elga yarashar”, degan ezgu ibora bor.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharida Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.