Andijon mashinasozlik instituti stajyor tadqiqotchisi Saydaliyev Kodirjon Kosimjonovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) boʻyicha “Pilla yetishtirishda tut barglariga ishlov berish uchun ozuqa kompozitsiyalarini samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini munosib himoya qildi.
🏛Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Kengashning 2024-yil 14-avgustdagi qaroriga asosan Saydaliyev Kodirjon Kosimjonovich 02.00.07 – Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Institut jamoasi Q.Saydaliyevning kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.