Yangiliklar

Image

Institutda navbatdagi “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari bo’lib o’tdi

Joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Andijon mashinasozlik instituti IB va Kt, Elektrotexnika va Mashinasozlik texnologiyasi fakultetlari 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv erkin savol-javob tarzida o’tib, talabalarning barcha qiziqtirgan savollariga Umid Turdialiyev tomonidan javoblar berildi. Shuningdek uchrashuv davomida rektor o’z hayotiy tajribalari bilan bo’lishib, kelajakda talabalarning o’z o’rinlarini topib, yetuk kadr bo’lib yetishishlari uchun tavsiyalarini berdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich boshchiligida uchinchi renessans poydevorini qurish uchun boshlangan islohotlar haqida fikrlar bildirib, talabalardan to’xtamasdan bilim olishlarini so’radi.

rektor va yoshlar

                                                                                                                                       AndMI axborot xizmati

Qidirish