Andijon mashinasozlik institutida o‘qish istagini bildirgan texnikum bitiruvchilarini bakalavriatning kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlariga suhbat orqali qabul qilish jarayonlari o‘tkazildi.
Suhbat jarayonlarining ilk kunida Transport vositalari muxandisligi (turlari bo‘yicha), Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha), Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha), Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha), Elektr texnikasi, elektr mexanikasiva elektr texnologiyalari yo‘nalishlarini tanlagan bitiruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Professor-o‘qituvchilardan iborat maxsus komissiya a’zolari yigit-qizlarning soha borasidagi va umumiy bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.