Xitoy Xalq Respublikasining Uxan pochta va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot institutida “Menejment va Big data maʼlumotlari bilan ishla, ularni boshqarish va qoʻllash” mavzusida xalqaro seminar-trening oʻtkazildi.
Dunyoning yigirma ikki mamlakatidan oʻttizdan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan seminarda Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti dekani Akbarjon Baymirzayev ham qatnashdi.
Ikki hafta davom etgan seminarda ishtirokchilar malakali xalqaro ekspertlardan mavzu doirasida yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar.
Seminar soʻnggida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan Sertifikatlar topshirildi.