Joriy yilning 14-25-iyul kunlari Respublikamiz bo‘ylab 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
Abituriyentlar Andijon viloyatidagi 9 ta binoda, jumladan Andijon mashinasozlik instituti asosiy kampusi hamda Avtomobilsozlik fakulteti binolarida davlat imtihonlarida ishtirok etishmoqda.Institumiz professor-o'qituvchilari jarayonlarda faol ishtirok etib, abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, shuningdek, ularning buyumlarini saqlash joylarida faol xizmat qilmoqdilar.