Yangiliklar

Image

Latibov Shoxruxbek PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Andijon mashinasozlik instituti Mehnat muhofazasi kafedrasi assistenti Latibov Shoxruxbek Maxamatyusup o‘g‘li texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) boʻyicha ““Jismoniy tarbiya va sportda mehnat muhofazasini boshqaruv va tashkil etish tizimini joriy etish samaradorligini oshirish"  mavzusidagi dissertatsiya ishini munosib himoya qildi.

🏛Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2024-yil 18-iyuldagi qaroriga asosan Latibov Shoxruxbek Maxamatyusup o‘g‘li 05.10.01 - “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi Sh.Latibovning kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Qidirish