Yangiliklar

Image

Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti bilan bir necha yillardan buyon ikki tomonlama uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Hamkorlik davomida oʻtgan yillar davomida professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvlari tashkil etilib, oʻzaro tajriba almashilindi, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturi amalga oshirildi. Bundan tashqari birgalikda ilmiy tadqiqot ishlar olib borilib, bir qator ilmiy-amaliy loyihalar hayotga tatbiq etildi. 

Olti yillik hamkorlik davomida Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi bir necha marotaba Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetiga, xitoylik hamkasblar esa bizning muassasamizga tashrif buyurdilar. Soʻnggi marotaba institutmiz vakillari oʻtgan yilning noyabr oyida universitetda boʻlishib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishgan edilar.

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda yangi bosqichga koʻtarish maqsadida bugun Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti vitse-prezidenti Vang Jianven janoblari boshchiligidagi delegatsiya institutimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori Suhrobjon Aliyev kutib oldi.

Tashrif davomida ikki tomon fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda ikki oliy taʼlim muassasasining hamkorlik aloqalarining bugungi holati va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturini davom ettirish va yanada rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlarini kengaytirish, hamkorlikda yangi ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni olib borish kabi muhim masalalar muzokaralar qilindi.

Uchrashuvda bir qator kelishuvlarga erishildi. 

Qidirish