Yangiliklar

Image

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish istagida bo‘lganlar diqqatiga

📌 Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish davom etmoqda

Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Andijon mashinasozlik institutida 2024/2025-o'quv yili qabuli uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
🟢Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
🟢Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
🟢Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
🟢Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti  (tarmoqlar bo'yicha)
🟢Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo'yicha)
🟢Avtomobilsozlik va traktorsozlik
🟢Transport logistikasi (avtomobil transporti)
🟢Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
🟢Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
🟢Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
🟢Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
🟢Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda. 

📌Nomzodlar vazirlikning https://my.edu.uz/ platformasi orqali onlayn ariza to‘ldirishlari mumkin. Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.

⏰ Shoshiling, ro'yxatdan o'tish 10-avgust sanasiga qadar davom etadi!
📞Murojaat uchun telefon:
☎️ +998 (74) 223-42-12.
☎️ +998 (74) 223-46-11.
☎️ +998(74) 223-43-78. 
🔗Batafsil ma'lumot: www.andmiedu.uz

 

Qidirish