➕Andijon mashinasozlik institutida 2024/2025-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi avtomobilsozlik dizayni taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
📈Dastlab abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berilib, roʻyxatdan oʻtkazildi.
✅ Kirish imtihonlarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, abituriyentning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning imtihon.edu.uz hamda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilmoqda.
❗️Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari quyidagi havolalar orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.