Yangiliklar

Image

Institutimiz tayanch doktoranti Hindistondagi xalqaro treningda ishtirok etdi

Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kafedrasi tayanch doktoranti Nodirbek Roʻziyev Hindiston Respublikasi hukumati tomonidan oʻtkazilgan “ITEC International Training Programme on “Data Science Using Python ” (ITEC xalqaro oʻquv dasturi “Piton dasturida maʼlumotlar bazasi”) kursi uchun tanlovda gʻolib boʻlib, ayni paytda ushbu mamlakatda oʻtayotgan xalqaro treningda ishtirok etdi.

Trening davomida ilmiy mavzusi asosida jahonga mashhur professor-olimlardan bilimlarni olib, koʻnikmalarini yanada mustahkamladi.

Maʼlumot uchun, Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi — Indian Technical and Economic Cooperation Programme (ITEC) tomonidan boshqariladigan ikki tomonlama yordam dasturi hisoblanadi. Dastur Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi 158 mamlakatni hamda Tinch okeani va Karib havzasidagi bir qancha davlatlarni qamrab oladi.

Qidirish