Yangiliklar

Image

Institutimiz jamoasi kibersport boʻyicha viloyat hokimi kubogi gʻolibi

Andijon davlat pedagogika institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida kibersport boʻyicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi oʻtkazildi.

Bellashuv Prezidentimizning 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan jamoalar ishtirok etgan musobaqa Pro Evolution Soccer 3 hamda Counter Strike-1.6 turlari murosasiz bahslar va qizgʻin kurashlarga boy boʻldi.

Musobaqaning Counter Strike-1.6 yoʻnalishida Andijon mashinasozlik instituti talabalaridan iborat jamoa birinchi oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Oʻzbekiston Sharda universiteti hamda Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, musobaqa gʻolib va sovrindorlari 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

Qidirish