Yangiliklar

Image

Kitobxonlik oiladan boshlanadi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida “Kitobxon ona — kitobxon bola” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Institut xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengashi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda muassasada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar, ishchi xodimlar hamda ularning farzandlari ishtirok etdilar.

Loyiha oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oliy taʼlim muassasalari, mahalla va oilalar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, farzand tarbiyasi va kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan badiiy va ilmiy adabiyotlarni targʻib qilish maqsadiga qaratilgan.

Davra suhbatida kengash raisi M.Xaliqova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, mehnat faxriysi M.Azizovalar soʻzga chiqib, kitob insonning fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblanishini taʼkidlab, kishining madaniyati uning oʻqigan kitobida aks etishini aytib oʻtdilar.

Tadbir davomida bolajonlarning kitobxonlik bilimini sinash maqsadida ikki bosqichda turli mavzularda savol-javoblar, shuningdek, iqtidorlarini aniqlash boʻyicha topshiriqlar berildi. Ishtirokchilar oʻz bilim va qobiliyatlarini namoyon qildilar.

Qidirish