Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida “Yoshlar oyligi” oyligi doirasida “Tadbirkorlik va bandlik” innovatsion boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Mazkur yarmarka Andijon viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida oliy taʼlim, professional taʼlim, umumtaʼlim maktablarini tamomlayotgan bitiruvchi va ishsiz yoshlar bandligiga koʻmaklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etildi.
Yarmarkada yuzga yaqin ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasa mingdan ziyod boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.
Tadbirda ish beruvchilarning masʼul xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar, shuningdek, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qoʻyiladigan talablar haqida tushunchalar berildi.
Yarmarka davomida Andijon mashinasozlik instituti bitiruvchilari ham faol ishtirok etib, oʻz mutaxassisliklari boʻyicha mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotga ega boʻlishdi.