Yangiliklar

Image

Institutga xorijlik talabalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Mutaxassis kadrlarning shakllanish muhitini yaxshilash hamda oliy taʼlim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham soʻnggi yillarda yurtimizda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Global raqobat sharoitidagi yangi talablarga javob beruvchi, moslashuvchan taʼlim tizimini yaratishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda oliy oʻquv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqitish tizimiga xalqaro andozalarni joriy etish, pedagogik jarayonni takomillashtirish, oʻqituvchilar tarkibi va faoliyat sifatini yaxshilash, xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Andijon mashinasozlik instituti misolida oladigan boʻlsak, soʻnggi besh yil davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida institutning ilmiy salohiyati 18 foizdan 40 foizga yetkazildi, ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi, avtomobillarga xizmat koʻrsatish markazi tashkil etildi.

Natijada muassasaga nafaqat mahalliy, balki xorijlik talabalarni jalb qilish imkoniyati yaratildi.

Yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Tunis Respublikasining “Educa conseil” konsalting markazi vakillari institutimizga tashrif buyurdi.

Markazning bosh menejeri Skander Baxri hamda Sankt-Peterburgdagi ofisining mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejeri Yuliya Krasikovalar institutda talabalar uchun yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlarni koʻzdan koʻchirdilar, professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashdilar.

Shundan soʻng mehmonlar institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev uchrashib, kelgusida institutga nafaqat Tunis, balki Afriqa qitʼasidagi mamlakatlardan ham yoshlarni yuborish imkoniyati mavjudligini bildirdilar.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, tahsil olish istagida boʻlgan xorijlik talabalarning oʻqishi va yashashi boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Qidirish