Yangiliklar

Image

Сounter Strike boʻyicha “INSTITUT KUBOGI” gʻoliblari aniqlandi

Prezidentimizning 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti talabalar oʻrtasida kibersportning Counter Strike turi boʻyicha “Institut kubogi” turniri oʻtkazildi.

Axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori hamda Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda ikki oy davom etgan turnirda gʻoliblik uchun jami 32 ta jamoa bellashdi.

Bugun qizgʻin va murosasiz kechgan turnirning final bahslari oʻtkazildi. 

Yakuniy natijalariga koʻra, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining “IB va KT.3” jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Elektrotexnika fakultetining “Imkon” hamda Iqtisodiyot fakultetining “Comeback” jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, turnir davomida faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarga erishgan 10 nafar kibersportchilar saralab olinib, institut terma jamoasi safiga qabul qilinadi. Ular xalqaro hamda respublika miqyosidagi kibersport turnirlarida institutimiz shaʼnini himoya qilishadi.

Qidirish