Yangiliklar

Image

Professor-oʻqituvchilarimiz Belarusda stajirovka oʻtib qaytdilar

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida tub islohotlar oshirilmoqda. Muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Dunyoning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʻrnatilib, oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalari joriy etilmoqda.

Quvonarlisi, professor-oʻqituvchilarning xorijning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtash va malakasini oshirishni taʼminlaydigan mexanizm yaratildi.

Ushbu yoʻnalishda Andijon mashinasozlik institutida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Pedagoglarimiz xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish bilan birga hamkorlik qilayotgan yetakchi oliy taʼlim muassasalarida boʻlishib, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni oʻtamoqdalar. 

Misol uchun, oʻtgan haftada institutning Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri Shuhratbek Yoʻldoshev hamda kafedra professori Karimjon Qosimov Belarus Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli stajirovka oʻtab qaytishdi.

Stajirovka davomida professor-oʻqituvchilarimiz Belarus milliy texnika universitetining mexanik-texnologiyalar hamda Avtotraktor fakulteti faoliyati, oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar, hamkasblari bilan tajriba hamda fikr-mulohazalarni almashdilar.

Qidirish