Yangiliklar

Image

Kinoijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Biz birga boʻlsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz!” shiori ostida “Kino karvon” tadbiri oʻtkazildi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirga elimiz suygan ijodkorlar tashrif buyurdi. 

Tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Tesha Moʻminov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari, aktyor Egamberdi Rahimov va shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbek Milliy Akademik Drama teatri aktyorlari Elmira Rahimjonova, Anjelika Esimbetova, Oʻtkir Mengliyev, Dilshod Rajabov, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori Umid Shodmonovlar ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qildilar.

Uchrashuvda oʻzbek milliy kino sanʼatidan oʻrin olgan eng sara vatanparvarlik ruhidagi asarlar, ularning yaratilish tarixi, tasvirga olish jarayonlari va mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritildi. 

Tadbir davomida Ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat hamda tinchlik gʻoyalari singdirilgan sheʼrlar, sahna koʻrinishlari hamda qoʻshiqlar ijro etildi. 

Dastur doirasida milliy kinomatografiyamizning yorqin mahsullaridan boʻlgan “Oʻzbek qizi” kinofilmi namoyish etildi. Mazkur film tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Qidirish