Yangiliklar

Image

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz!” mavzusida madaniy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

 “Yoshlar oyligi” doirasida talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda talaba yigit-qizlar ishtirok etdi. 

Tadbirda institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Ulugʻbek Ismoilov, institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, Respublika Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati aʼzosi Muhtaramxon Xaliqova hamda profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar maʼruza qildilar.

Maʼruzalarda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. Oʻtgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilganligi qayd etildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Qidirish