Yangiliklar

Image

Oʻsh texnologiyalar universitet professori ishtirokida seminar

M.Adishev nomidagi Osh texnologiyalar universiteti bilan bir necha yillardan buyon ilmiy hamda madaniy sohalarda hamkorlik qilinib, professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi amalga oshirilib kelinmoqda.


Shu kunga qadar bir necha marotaba Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Oʻsh texnologiyalar universitetida, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari esa institutda boʻlishib, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda dars mashgʻulotlarida ishtirok etib kelmoqda.


Kuni kecha Oʻsh texnologiyalar universiteti professori Raxman Mirzaibrayimov Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon institutimizda yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy sohada erishgan yutuqlar va talabalar salohiyati bilan yaqindan tanishdi.


Shundan soʻng Raxman Mirzaibrayimov tomonidan “Tadqiqot natijalarini modellashtirish va statistik tahlil oʻtkazish” boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Unda Matematika va Iqtisodiyot fanlari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilari, stajyor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Qidirish